FVV ogohlantiradi:
25 iyun kuni ob-havo o'zgaruvchan, yog'ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s (25-43 km/soat) tezlikda esib, ayrim joylarda 15-20 m/s (54-72 km/soat)gacha kuchayishi, mumkin. Harorat kechasi 16-21*S iliq, kunduzi 30-35*S issiq.

FVV qutqaruvchilari Toshkent viloyatidagi xonadonlardan birida yuz bergan yong‘inni bartaraf etdilar

Bugun, 5 may kuni soat 11:01da Toshkent viloyati Zangiota tumani “Olmazor” mahallasida joylashgan xonadonlarning birida yong‘in sodir bo‘ldi. 

Mazkur holat yuzasidan Toshkent viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasining 5 ta yong‘in-qutqaruv guruhlari bir necha daqiqada voqea joyiga yetib borgan.

Yong‘in natijasida xonadonning 250 kvadratmetr maydoni zararlangan. FVVning tezkor va samarali harakatlari tufayli yong‘in qisqa vaqt ichida bartaraf etildi. Yong‘indan xonadonning 300 kvadratmetr maydoni saqlanib qolindi.

Hodisa oqibatida jabrlangan va  xalok bo‘lganlar yo‘q.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech