Ру O'z En
FVV ogohlantiradi:
Texnik ishlar olib borilishi munosabati bilan sayt faoliyatida vaqtinchalik uzilishlar bo'lishi mumkin.

FVV qutqaruvchilari Turkiyada qidiruv-qutqaruv ishlarini boshlab yubordilar.

O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi qutqaruvchilari Turkiya Respublikasiga yetib borishlari bilan zilzila yuz bergan hududda qidiruv-qutqaruv ishlarini boshlab yubordilar.

Bugun, 8-fevral kuni soat 8:00 ga qadar 132 m.kv. maydonda 430 metr.kub vayronalarni tozalash ishlari bajarilib, natijada 9 nafar inson turli xildagi tan-jarohatlari bilan qutqarildi va ularga joyida birinchi tibbiy yordam ko‘rsatildi. Shuningdek, 12 nafar qurbonning jasadi vayronalar ostidan olib chiqildi.

O'xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech