FVV ogohlantiradi:
2 dekabr kuni ob-havo o'zgaruvchan bo'lib, yog'ingarchilik kutilmaydi. Faqatgina Qoraqalpog'iston Respublikasi va Xorazm viloyatida ayrim joylarda yomg'ir yog'ish mumkin Shamol sharqdan 7-12 m/s (25-43 km/soat) tezlikda esib, 17-28 m/s (61-100 km/soat)gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 4-9*S iliq, kunduzi 19-24*S iliq bo'ladi.

FVV qutqaruvchilari YTHga uchragan haydovchiga yordam ko‘rsatdi

 

23 avgust kuni, taxminan 17:00 da “Qamchiq” dovonida ikkita yuk mashinasi ishtirokida yo‘l transport hodisasi sodir bo‘ldi. Dovonning 247-kilometrida “ISUZU” yuk mashina haydovchisi boshqaruvni yo‘qotish  natijasida “MAN” yuk mashinasiga borib urilgan. YTH natijasida  “ISUZU” haydovchisi mashina salonida siqilib qolgan.

Bir necha daqiqada  voqea joyiga FVV “Qamchiq” maxsus qidiruv, yong‘in-qutqaruv boshqarmasining qutqaruv otryadi qutqaruvchilari yetib bordi. FVV qutqaruvchilari maxsus texniklar yordamida haydovchini avtomobil' salondan xavfsiz tarzda chiqarib olishib, voqea joyida birinchi tibbiy yordam ko‘rsatdi va shifokorlarga topshirishdi.  Ayni vaqtda haydovchi Pop tumani shifoxonasida, uning sog‘lig‘i yaxshi. Tez orada haydovchiga uyga ruxsat beriladi.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech