Ру O'z En
FVV ogohlantiradi:
Texnik ishlar olib borilishi munosabati bilan sayt faoliyatida vaqtinchalik uzilishlar bo'lishi mumkin.

FVV qutqaruvchilari yuk mashinasi ishtirokidagi YTH oqibatlarini bartaraf etdi

Hodisa kecha, 13-dekabr kuni soat 23:50 da Toshkent viloyatining Ohangaron tumani hududidan o‘tgan A-373 avtomobil yo‘lining 32-kilometrida sodir bo‘lgan. Haydovchining kutilmaganda boshqaruvni yo‘qotishi natijasida Farg‘ona vodiysi tomon ketayotgan “Isuzu” rusumidagi yuk mashinasi yo‘l chetiga ag‘darilib ketgan.
Bir necha daqiqadan so‘ng voqea joyiga FVV qutqaruvchilari va Yo‘l harakati xavfsizligi xodimlari yetib kelib, YTH oqibatlarini hamkorlikda bartaraf etdilar. Yuk mashinasi haydovchisi jiddiy jarohat olmaganligi sababli kasalxonaga yuborilmagan.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech