FVV ogohlantiradi:
2 dekabr kuni ob-havo o'zgaruvchan bo'lib, yog'ingarchilik kutilmaydi. Faqatgina Qoraqalpog'iston Respublikasi va Xorazm viloyatida ayrim joylarda yomg'ir yog'ish mumkin Shamol sharqdan 7-12 m/s (25-43 km/soat) tezlikda esib, 17-28 m/s (61-100 km/soat)gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 4-9*S iliq, kunduzi 19-24*S iliq bo'ladi.

FVV qutqaruvchilari Zangiota tumanida sodir bo‘lgan yong‘inni bartaraf etdilar

Bugun, 24 iyun kuni soat 16:45da Toshkent viloyati Zangiota tumani “Eshonguzar” MFY “Sharq Yulduzi” ko‘chasi 15-uyda yong‘in sodir bo‘layotganligi to‘g‘risida viloyat FVB navbatchi dispetcherlik xizmatiga xabar kelib tushgan.

Mazkur xabarga asosan voqea joyiga 6 ta yong‘in-o‘chirish ekipaji soat 16:51da yetib borib, yong‘in soat 17:06da o‘rab olingan va soat 17:41da bartaraf etilgan.
Yong‘in natijasida uyning taxminan 200 kv.m maydonida tom va shift qismi yonib zararlangan.

Hodisa oqibatida jabrlangan va halok bo‘lganlar yo‘q. Hozirda yong‘in sababi hamda keltirilgan moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.

Yuqoridagi kabi ko‘ngilsiz vaziyatlarning oldini olish maqsadida, Favqulodda vaziyatlar vazirligi fuqarolardan yong‘in xavfsizligi qoidalariga qat'iy rioya etishni so‘rab koladi.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech