FVV ogohlantiradi:
6 dekabr куни ob-havo o'zgaruvchan, yog'ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s (25-43 km/soat) tezlikda esadi. Harorat kechasi 2-7*S sovuq, kunduzi 2–7*S iliq bo'ladi.

FVV tizimida bir qator xodimlar “Mehr-saxovat” ko‘krak nishonlari bilan taqdirlandilar

Mamlakatimizda pandemiya hamda tabiiy ofat, texnogen favqulodda vaziyatlarga qarshi kurashish, ularning oldini olish va oqibatlarini bartaraf etish, aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, bu boradagi ishlarni umumxalq harakati darajasiga ko‘tarishga katta hissa qo‘shgan, jamiyatimizda tinchlik-osoyishtalik, do‘stlik va totuvlik muhitini mustahkamlashda faol ishtirok etayotgan vazirlik va idoralarning xodimlari “Mehr-saxovat” ko‘krak nishoni bilan taqdirlanmoqdalar.


Mana shunday ezgu ishlar Favqulodda vaziyatlar vazirligi tizimida ham keng ko‘lamda tashkil etildi. Vazirlikning hududiy va tarikbiy tuzilmalarida xizmat qilayotgan jonkuyar va sadoqatli xodimlari yuksak mukofotga sazovor bo‘ldilar. Respublika bo‘ylab tashkil etiltgan tantanali tadbirda Favqulodda vaziyatlar vazirligi rahbariyati tomonidan bir qator xodimlarga “Mehr-saxovat” ko‘krak nishonlari topshirildi.

O'xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech