FVV ogohlantiradi:
15 aprel kuni ob-havo o'zgaruvchan, yog'ingarchilik kutilmaydi. Faqatgina Toshkent viloyatida kechasi va ertalab ayrim joylarda mayda yomg'ir yog'ishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s (25-43 km/soat) tezlikda esadi. Harorat kechasi 7-12*S iliq, kunduzi 20-25*S iliq bo'ladi.

 FVV tizimida “Davlat yong‘in nazoratining eng yaxshi inspektori” ko‘rik-tanlovi o‘tkazilmoqda

Mazkur tadbir 1998 yildan buyon o‘tkazib kelinmoqda. Unda xodimlar o‘zlarining bilim va ko‘nikmalarini yanada mustahkamlab, kelgusi faoliyatlarida qo‘llab kelmoqdalar. Bu esa o‘z navbatida favqulodda vaziyatlar, jumladan, yong‘inlar va ularning ayanchli oqibatlarining oldini olishda o‘z samarasini berib kelmoqda.

Joriy yilning 6 aprel kuni vazirlik tizimida ko‘rik-tanlovning respublika bosqichiga start berildi. 

Tadbirda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahar va barcha viloyatlar Favqulodda vaziyatlar boshqarmalari hamda Navoiy kon-metallurgiya kombinatining Yong‘in xavfsizligini ta'minlashni tashkil etish markazining davlat yong‘in nazorati inspektorlari ishtirok etmoqdalar.  

Tanlovning ilk kunida Toshkent shahar Olmazor tumanida joylashgan “ZELAL TEKSTIL” QK MChJda o‘quv yong‘in-texnik tekshiruvi sharti o‘tkazilib, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish maqsadida asosli tavsiyalar berish va tegishli hujjatlarni rasmiylashtirish borasida o‘zaro bellashadilar. 

Ma'lumot uchun: ushbu ko‘rik-tanlov joriy yilning 8 aprel' kuniga qadar davom etadi.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech