FVV ogohlantiradi:
8 yanvar kuni ob-havo о'zgaruvchan, yog'ingarchilik kutilmaydi. Tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s (25-43 km/soat) tezlikda esadi. Harorat kechasi 7-12*S sovuq, kunduzi 2-7*S sovuq bo'ladi. Qor ko'chkisi havfo mavjoud.

FVV tizimida ikki nafar xodim koronavirus asoratlari tufayli vafot etdi

O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi rahbariyati va shaxsiy tarkibi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi Qo‘ng‘irot tumani Favqulodda vaziyatlar bo‘limi boshlig‘i podpolkovnik Akimov Kuanishbay Mirzabaevich hamda Xorazm viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi Qo‘shko‘pir tumani Favqulodda vaziyatlar bo‘limi boshlig‘i mayor Jabbarov Doniyor Raximovichlarnining vafoti munosabati bilan marhumlarning oila a'zolariga chuqur ta'ziya izhor etadi.

Shu kunga qadar ushbu xodimlarning koronavirus ifeksiyasi bilan xastalanib, shifoxonaga yotqizilganligi ma'lum bo‘lgan edi.

Podpolkovnik Akimov Kuanishbay Mirzabaevich 1979 yil Qoraqalpog‘iston Respublikasining Nukus shahrida tug`ilgan. U 20 yildan ortiq muddat davomida Qoraqalpog‘iston Respublikasining Yong‘in xavfsizligi boshqarmasida turli lavozimlarda xizmat qilib kelgan.

Mayor Jabbarov Doniyor Raximovich 1981 yil Xorazm viloyati Qo‘shko‘pir tumanidan tug‘ilgan. Vazirlik tizimida 2005 yil aprel oyidan buyon turli lavozimlarda xizmat qilgan.

Yuqorida nomlari tilga olingan xodimlarimiz, afsuski, ko‘rinmas yovga qarshi kurashib, xalqimizning tinchligi va farovonligi yo‘lida o‘z xizmat burchini bajarish chog‘ida ushbu kasallikni yuqtirib olganlar.

Ular so‘nggi nafasiga qadar elu yurt manfaatlari yo‘lida sadoqat bilan xizmat qilib, insonlarning tinch, xotirjam va farovon hayoti uchun shirin jonlarini ayamadilar. Ko‘rsatgan fidoyiliklari va matonati aslo xotiramizdan o‘chmaydi.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech