Ру O'z En
FVV ogohlantiradi:
Texnik ishlar olib borilishi munosabati bilan sayt faoliyatida vaqtinchalik uzilishlar bo'lishi mumkin.

FVV tizimida “Quvnoqlar va zukkolar” ko‘rik tanlovi

Favqulodda vaziyatlar vazirligi tizimida bir necha yillardan beri “Quvnoqlar va zukkolar” ko‘rik-tanlovi o‘tkazilib kelinmoqda. Bu galgi bellashuv 28 iyun kuni Buxoro shahrida joylashgan “Yoshlar markazida” “Eng mahoratli jamoalar uchrashuvi” nomi ostida 4 yil davomida respublika bosqichlariga chiqqan g‘olib jamoalar o‘rtasida bo‘lib o‘tdi.

Ulug‘ allomalar zamini – qadim va navqiron Buxoro diyorida tashkil qilingan bellashuvlar, chinakam ma'noda, taassurotlarga boy bo‘ldi. Unda Samarqand viloyati FVBning “Afrosiyob”, Sirdaryo viloyati FVBning “Bojalar”, Qoraqalpog‘iston Respublikasi FVBning “Nukus yoshlari” hamda “Qamchiq” MQYOQBning “Lochinlar” jamoalari tanishtiruv, zakovat, estrada miniatyura va musiqiy chiqish shartlari bo‘yicha o‘zaro bellashdilar.

Qizg‘in va bahslarga boy bo‘lgan bellashuv natijalariga ko‘ra faxrli 1-o‘ringa Sirdaryo viloyati FVB jamoasi loyiq topilgan bo‘lsa, 2-o‘rinni “Qamchiq” MQYOQB jamoasi egalladi. 3-o‘rinni Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Samarqand viloyati FVBlar jamoalari qo‘lga kiritdi.

Shuningdek, Hay'at a'zolari tomonidan ta'sis etilgan “Eng quvnoq qiz”, “Eng quvnoq yigit” “Eng zukko jamoa”, “Eng quvnoq jamoa” nominatsiyalari bo‘yicha eng faol ishtirokchilar ham aniqlandi.

Bellashuv yakunida, jamoalar musobaqa kubogi, maxsus diplom va qimmatbaho esdalik sovg‘alar bilan taqdirlandilar.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech