Favqulodda vaziyatlar vazirligi tomonidan sovuq havo oqibatlarini yumshatish bo‘yicha keng qamrovli ishlar amalga oshirilmoqda. Ijtimoiy obyektlarda yong‘in xavfsizligi tekshirilmoqda. Bundan tashqari, mamlakatimizning barcha hududlarida isinish punktlari ishga tushirilib, xohlovchilarga issiq ovqat taklif etilmoqda.