Shrift o'lchami: A A A
Sayt rangi: A A A A
FVV ogohlantiradi:
18 fevral kuni respublika hududida yog'ingarchilik kutilmaydi. Joylarda tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s (25-43 km/soat) tezlikda esadi. Harorat 5-10 С iliq. 18-19 fevral kuni respublikaning tog'li hududlarida qor ko'chish xavfi bor. Xonadoningizni istishda ochiq olovdan xamda nostandart va qo‘lbola yasalgan isitish pechlari va anjomlaridan foydalanmang. Gazballonlarni yotoqxonaga olib kirish va foydalanish xayotingiz uchun xavfli. Isitish pechlaridan foydalanishdan avval ularning mo‘rikonlarining sozligini tekshiring. Gaz va boshqa muqobil yoqilg‘i (ko‘mir, o‘tin va boshqa)da ishlovchi istish pechlaridan foydalanishda xavfsizlik qoidalariga rioya qiling.

FVV va FVDT tizimi uchun kadrlarni tayyorlash

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 1 iyundagi “Favqulodda vaziyatlarni oldini olish va ularni bartaraf etish tizimi samaradorligini tubdan oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5066–sonli Farmoni hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 2 iyundagi “Aholi va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish sohasida mutaxassislar tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3030–sonli Qaroriga muvofiq, mutaxassislarni aholi va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish sohasida qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish darajasi va sifatini yanada takomillashtirishni tubdan o‘zgartirish, tayyorgarlikdan o‘tkazishning yagona tizimini yaratish, ilmiy-tadqiqotlar olib borish samaradorligini oshirish maqsadida, Fuqaro muhofazasi institutida 2017-2018 o‘quv yilidan boshlab 5A640103 – “Favqulodda vaziyatlarda aholi xavfsizligi” mutaxassisligi bo‘yicha magistratura bosqichi ochildi.

Magistratura bosqichiga respublikadagi tegishli oliy ta’lim muassasalarining 5640100 – “Hayotiy faoliyat xavfsizligi” yo‘nalishi bo‘yicha bakalavriat bosqichini tamomlagan oliy ma’lumotli mutaxassislar hamda O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi, shuningdek, Favqulodda vaziyatlarda ularning oldini olish va harakat qilish davlat tizimiga kiruvchi vazirliklar, idoralar va boshqa tashkilotlarning aholi va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish sohasida besh yildan kam bo‘lmagan mehnat stajiga ega bo‘lgan xodimlari qabul qilinadi. Fuqaro muhofazasi institutining magistratura bosqichiga 2017/2018 o‘quv yili uchun qabul kvotasi jami 25 ta o‘rin, shundan 8 ta o‘rin davlat granti va 17 ta o‘rin to‘lov-kontrakt asosida belgilangan. Hujjatlar 1-10 sentyabr kunlari davomida qabul qilinadi, kirish sinovlari 15 sentyabr kuni o‘tkaziladi hamda o‘quv yili 2 oktyabrdan boshlanadi.

Shuningdek, o‘rta-maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarida o‘sib kelayotgan avlodni kasbga yo‘naltirish, ularga favqulodda vaziyatlarda harakat qilish hamda fuqaro muhofazasi sohasidagi vazifalarni bajarish bo‘yicha malaka va amaliy ko‘nikmalarni singdirish maqsadida Andijon qurilish va transport, Samarqand axborot texnologiyalari, Olmazor politexnika hamda Toshkent viloyatining Chingeldi maishiy xizmat kollejlarida “Qutqaruvchi” mutaxassisligi bo‘yicha “Qutqaruvchi-haydovchi”, “G‘avvos-qutqaruvchi”, “Dizenfeksiya instruktori”, “Dozimetrist” va “Gazdan qutqaruvchi” kabi mutaxassislar tayyorlanadi.

Bunga qo‘shimcha ravishda, I.A.Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti, Namangan davlat universiteti, Andijon mashinasozlik, Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muxandislari va Toshkent kimyo-texnologiyalari institutlarida Favqulodda vaziyatlar vazirligi va Favqulodda vaziyatlarda ularning oldini olish va harakat qilish davlat tizimi uchun mo‘ljallangan – 5640100 – “Hayotiy faoliyat xavfsizligi” mutaxassisligi bo‘yicha oliy ma’lumotli bakalavrlarni tayyorlash yo‘lga qo‘yildi.  

Matbuot xizmati

O'xshash yangiliklar

Xitoylik fuqaroga yordam ko`rsatildi

2018 yilning 17 fevral kuni soat 11.50 da Toshkent viloyatining Chimyon tog`li hududida joylashgan "Chimyon" qutqaruv otryadining navbatchilik qismiga, Xitoy Xalq Respublikasi fuqarosi Chan Shi tog'yo…

“Lasetti” haydovchisiga yordam berildi

Joriy yilning 14 fevral kuni Toshkent shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasining 1050 tezkor raqamiga Lasseti rusumli avtomashina haydovchisi tomonidan uning avtomashinasi Sergeli tumani Chortoq mah…

?

Vazirga savol

Davlat ramzlari
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech