FVV ogohlantiradi:
26 may kuni ob-havo o'zgaruvchan, ayrim joylarda kam bulutli bo'lib, yog'ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s (25-43 km/soat) tezlikda esadi. Harorat 34-39*S issiq bo'lib, shimoliy cho'l hududlarida 40-41* S gacha issiq bo'ladi.

FVV xayrli aksiyaga o‘z hissasini qo‘shdi

Bugun mamlakatimizda butun dunyoga jiddiy muammo tug‘dirayotgan tojdor virusga qarshi kurashish uchun kechiktirib bo‘lmaydigan chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Ta'kidlash lozimki, ayni sinovli vaziyatda xalqimizga xos bahamjihatlik va saxovatpeshalik kabi fazilatlar koronavirus infeksiyasiga qarshi kurashish doirasida tashkil etilgan O‘zbekiston “Mehr-shafqat va salomatlik” jamoat fondi hisobiga kelib tushayotgan beminnat mablag‘larda yaqqol namoyon bo‘lmoqda.
O‘z navbatida, mazkur ezgu ishga Favqulodda vaziyatlar vazirligi xodimlari ham hissalarini qo‘shib, ixtiyoriy ravishda bir kunlik ish haqlarini ushbu fondga beg‘araz yordam tariqasida o‘tkazib berdilar.
Ha, savob ishni har kim har kuni qilishi, tashvishli kunda hech kim chetda turmasligi kerak.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech