Joriy yilning 13-16 noyabr kunlari Belorusiya Respublikasi poytaxtida ikkita yirik musobaqa — Qo‘l jangi bo‘yicha Jahon kubogi va Yevropa chempionati bo‘lib o‘tdi. Nufuzli musobaqalarda O‘zbekistondan vakil sifatida FVV xodimi Mashhura Yuldosheva ishtirok etdi va u 65 kg vazn toifasida qatnashdi. Mashhura Jahon kubogi doirasida o‘tgan murosiz kurashda 3-o‘rinni, Yevropa turnirida esa Yuldosheva 2-o‘rinni qo‘lga kiritdi.
- Men uchun bu ushbu darajadagi birinchi musobaqa edi. Umuman olganda, natijadan mamnunman, ammo shu bilan to‘xtab qolmayman. Men o‘z ustimda astoydil ishlayman, harakat qilaman va keyingi musobaqalarda albatta g‘olib bo‘laman. - deydi FVV Matbuot xizmati bilan bo‘lgan suhbatida Mashxura Yuldosheva.
Shuningdek, Mashhura FVV Markaziy Apparatida ham tantanali ravishda tabriklandi.