Bugun, 4-dekabr kuni soat 20:30 da "Toshkent-O‘sh" avtomobil yo‘lining 228-kilometri "Qamchiq" dovoni qismida avtomobil haydovchisi boshqaruvni yo'qotib, yo'l chetidagi handaqqa tushib ketgan. Hayriyatki, hodisa oqibatida hech kim jabrlanmagan. FVV qutqaruvchilari zudlik bilan avtomobil haydovchisiga yordam ko‘rsatdilar.
FVV xodimlari "Qamchiq" dovonida noqulay ob-havo tufayli qiyin ahvolga tushib qolgan haydovchilarga yordam ko'rsatmoqda
- Qo'shildi: 04.12.2022
- Chop etish
- Ko'rishlar: 1614