Joriy yilning 21-yanvar kuni Toshkent shahrida joylashgan “Badminton” markazida sportning badminton turi bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tarkibiga kiruvchi vazirlik va idoralarning harbiy ximatchilari o‘rtasida Qurolli Kuchlar birinchiligi musobaqasi o‘tkazildi.
Musoabaqa yakuniga ko‘ra shaxsiy hisobda vazirlik Akademiyasi xodimlari kapitan E.Murodov va kapitan J.Yarbekovlar juftligi 2-o‘rinni qo‘lga kiritgan bo‘lsa, umumjamoa hisobida, 1-o‘rinni Mudofaa vazirligi, 2-o‘rinni Bojxona qo‘mitasi hamda 3-o‘rinni Favqulodda vaziyatlar vazirligi terma jamoalari egalladi.
G‘olib va sovrindorlar tashkilotchilar tomonidan diplom va kuboklar bilan taqdirlandilar.