FVV ogohlantiradi:
25 fevral kuni ob-havo oʼzgaruvchan, yogʼingarchilik kutilmaydi. Аyrim joylarda tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s (25-43 km/soat) tezlikda esib, vaqti-vaqti bilan 25-28 m/s (90-101 km/soat)gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 7-12*S sovuq, kunduzi 2-7*S sovuq, shimolda kechasi 17-22*S sovuq, kunduzi 8-13*S sovuq boʼladi.

FVV xodimlari tog‘ chang‘isi festivalida

 Kuni kecha Toshkent viloyatining Bo‘stonlik tumani Chimyon hududida “FESTIVAL “CHIMGAN” SKI BATTILE” tog‘ chang‘isida uchish sport turi bo‘yicha musobaqa o‘tkazildi.

Yuz nafar ishtirokchidan iborat musobaqada ishtirok etgan FVV “Chimyon” yong‘in-qutqaruv otryadining qutqaruvchi-yo‘riqchisi Islombek Gaipov yuqori mahoratga ega ekanligini namoyon etib, faxrli uchinchi o‘rinni egalladi.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech