FVV ogohlantiradi:
24 fevral kuni ob-havo o'zgaruvchan,Samarqand,Jizzax,Sirdaryo va Toshkent viloyatlarida ayrim joylarda kuning birinchi yarimida hamda Andijon,Namangan va Fargona viloyatlarida yomgir yogadi. Shamol garbdan 7-12 m/c (25-43 km/soat) tezlikda esadi. Harorat 12-17*C iliq bo'ladi.

FVVda faoliyat samaradorligini yanada oshirish masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi

2018 yilning 15 yanvar kuni Favqulodda vaziyatlar vazirligida vazir R.Djurayev raisligida, vazirlik markaziy apparati, hududiy va tarkibiy tuzilmalar rahbarlari ishtirokida videoselektor yig‘ilishi o‘tkazildi.

Yig‘ilish davomida vazirning birinchi o‘rinbosari Komiljon Aripov ma’ruza qilib, 2017 yilda sodir bo‘lgan favqulodda vaziyatlar, ularning kelib chiqish sabablarining tahlili, shuningdek, tabiiy ofatlar va texnogen avariyalar sodir bo‘lishining oldini olish va xavfini kamaytirish borasida amalga oshirilgan chora-tadbirlar to‘g‘risida batafsil axborot berdi.

Ma’ruzada ta’kidlanishicha, vazirlik va idoralar, boshqaruv organlari, jamoat tashkilotlari hamda aholining hamkorlikdagi sa’y-harakatlari, muhandislik-texnik va profilaktik tadbirlarning samarasi natijasida 2017 yilda sel-toshqin, o‘ta xavfli yuqumli kasalliklar va qo‘riqlanadigan suv xavzalarida insonlarning o‘limi bilan bog‘liq favqulodda vaziyatlar sodir bo‘lmagan. Tabiiy xususiyatli favqulodda vaziyatlar 2016 yilga nisbatan 32% ga kamaygan, xususan, zilzilalar bilan bog‘liq favqulodda vaziyatlar – 46% ga, oziq-ovqat mahsulotlaridan zaharlanish – 42% ga kamaygan.

Shu bilan birga, yo‘l-transport hodisalari, yong‘in, odamlarning tabiiy va is gazidan zaharlanishi bilan bog‘liq favqulodda vaziyatlar soni oshishi kuzatilgan. Bu kabi favqulodda vaziyatlarning sodir bo‘lishiga asosiy sabab bu — xavfsizlik qoidalariga rioya qilmaslik, nosoz, ishlatishga yaroqsiz gaz, elektr va isitish pechlaridan foydalanish hisoblanadi.  

Yig‘ilishda vazir o‘rinbosari Azizbek Latifjonov ham vazirlik byudjetidan tashqari mablag‘larni shakllantirish to‘g‘risidagi ma’lumot shuningdek, mazkur sohada amalga oshirilayotgan ishlarning samaradorligini oshirish bo‘yicha qator takliflarini ishtirokchilarga havola etdi.  

Tadbir yakunida, Favqulodda vaziyatlar vaziri R.Djurayev favqulodda vaziyatlarning oldini olish, profilaktik tadbirlarni yanada kuchaytirish, xalq bilan, birinchi navbatda yoshlar bilan muloqotni mustahkamlash, vazirlik xodimlarining ijtimoiy-maishiy sharoitlarini yaxshilash borasida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ishlarning bajaralishini qattiq nazoratga olish kerakligini ta’kidladi.

Vazirlik rahbari ushbu vazifalarni bajarish uchun FVV ning har bir xodimi yuqori darajada kasbiy va jismoniy tayyorgarlikka ega bo‘lishi, yangi texnologiyalardan foydalanishni va xorijiy tillarni bilishi zarurligini ko‘rsatib o‘tdi.

Bundan tashqari yig‘ilish davomida FVVning tegishli boshqarmalariga vazirlik xodimlarining zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish va xorijiy tillarni o‘rganishi bo‘yicha o‘quv kurslari tashkil etish vazifasi topshirildi.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech