FVV ogohlantiradi:
5 dekabr kuni ob-havo o'zgaruvchan bo'lib,ayrim joylarda yomg'ir yog'adi . Faqatgina Qaraqoipog'iston Respublikasi Xorazim Andijon Namangan va Farg'ona viloyatlarida yog'ingarchilik kutilmaydikunning Shamol sharqdan 7-12 m/c(25-43 km/soat) tezlikda esadi. Harorat kechasi 2-7*S iliq, kunduzi 5-10*S iliq bo'ladi.

FVVda FMXT Bosh kotibi bilan uchrashuv o‘tkazildi

2017 yilning 10-11 noyabr kunlari Samarqand shahrida Birlashgan Millatlar Tashkiloti shafeligida “Markaziy Osiyo: yagona tarix va umumiy kelajak, barqaror rivojlanish hamda taraqqiyot yo‘lidagi hamkorlik” mavzusida o‘tkazilayotgan xalqaro konferensiyada ishtirok etish uchun Fuqaro Mudofaasi Xalqaro Tashkiloti (FMXT) Bosh kotibi Vladimir Kuvshinov O‘zbekistonga tashrif buyurdi.

Tashrif doirasida, 8 noyabr kuni Favqulodda vaziyatlar vaziri Rustam Djurayev Vladimir Kuvshinov bilan uchrashdi.

Uchrashuv davomida “O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi va Fuqaro Mudofaasi Xalqaro Tashkiloti o‘rtasida 2018-2020 yillarga mo‘ljallangan aholi va hududlarni tabiiy hamda texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish bo‘yicha hamkorlik rejasi” istiqbollari muhokama etildi.

 

 FVV Matbuot xizmati

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech