Shrift o'lchami: A A A
Sayt rangi: A A A A
FVV ogohlantiradi:
19-aprel kuni ob-havo o'zgaruvchan, joylarda kuchli yomg'ir yog'ib momoqaldiroq bo'lishi mumkin. Faqat Qoraqalpog'iston Respublikasi, Xorazm, Andijon, Namangan va Farg'ona viloyatlarida yog'ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan g'arbga 7-12 m/s (25-43 km/soat)dan 15-20 m/s (54-72km/soat) tezlikgacha esadi. Harorat 17-22C iliq bo'ladi.

FVVda hashar

Asrlar osha shakllanib kelgan milliy qadriyatlarimizdan biri bu – ommaviy bayramlar oldidan yurtimizda umumxalq hasharlarini o‘tkazish, obodonlashtirish tadbirlarini amalga oshirishdir.

 “Fidoying bo`lgaymiz seni O`zbekiston!” shiori ostida tashkil etiladigan mustaqilligimizning 27 yilligi oldidan obodonlashtirish, ko‘kalamzorlashtirish ishlarini amalga oshirish maqsadida, yurtimizda 2018 yilning 18-19 avgust  kunlari umumxalq hashari o‘tkazildi.

Hashar tadbirlari Favqulodda vaziyatlar vazirligi tizimida ham uyushqoqlik bilan tashkil etildi. Erta tongdan vazirlik hovlisiga saf tortgan harbiy xizmatchi va xizmatchilarga tadbir hamda undan ko‘zlangan  maqsad-vazifalar tushuntirilib, ularga zarur tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.

Shundan so‘ng, barcha boshqarma, mustaqil bo‘lim va xizmatlar xodimlari o‘zlariga biriktirilgan hududlarda obodonlashtirish, ko‘kalamzlorlashtirish, tozalash ishlarini boshlab yubordilar.

Hashar davomida uchastkalarda уerlarni chopish, daraxtlarga shakl berish, bardyurlarni oqlash, supurish, chiqindilarni belgilangan hududlarga olib chiqish ishlari qizg‘in amalga oshirildi. Shuningdek, vazirlik binosidagi eshik-derazalarni artish kabi bir qator ishlar bajarildi.

Hashar elga yarashar, deydilar. Barchanging yuz-ko‘ziga boqar ekansiz, ularda ulug‘ ayyom arafasidagi ko‘tarinki ruh, bayramona kayfiyat mujassam ekanligini yurakdan his etasiz.            

O‘zaro hamjihatlik, inoqlik asosida tashkil etilgan xayrli tadbir  natijasida, vazirlik hovlisi, xizmat xonalari ozoda, shinam va obod holga keltrildi.

O'xshash yangiliklar

Davlat ramzlari
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech