FVV ogohlantiradi:
27 yanvar kuni ob-havo o'zgaruvchan bolib, ayrim joylarda (yomg'ir, qor) yog'ishi mumkin. Qashqadaryo, Surxondaryo, Andijon, Namangan, Farg'ona viloyatlarida yog'ingarchilik kuzatilmaydi. Shamol sharqdan g'arbga qarab 7-12 m/s (25-43 km/soat) tezlikda esadi. Harorat 0-5* C iliq' bo'lib ayrim joylarga tuman tushishi mumkin.

FVVda O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa doktrinasini o‘rganishga bag‘ishlangan o‘quv mashg‘uloti o‘tkazildi

Favqulodda vaziyatlar vazirligi xodimlarining bilimlarini yanada oshirish maqsadida har dushanba kunlari malakali mutaxassislar ishtirokida o‘quv mashg‘ulotlari o‘tkaziladi.

2018 yilning 15 yanvar kuni navbatdagi o‘quv mashg‘uloti Favqulodda vaziyatlar vaziri tomonidan hududiy boshqarmalar bilan videoselektor orqali o‘tkazildi.

Mashg‘ulot davomida barcha shaxsiy tarkibga 2018 yil 9 yanvar kuni tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasining “Mudofaa doktrinasi to‘g‘risida”gi Qonunining mazmun-mohiyati hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, Qurolli Kuchlar Oliy Bosh Qo‘mondonining O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik Kengashining kengaytirilgan yig‘ilishida Qurolli Kuchlar, shuningdek, Favqulodda vaziyatlar vazirligiga belgilab bergan vazifalari etkazildi.

O'xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech