Ру O'z En
FVV ogohlantiradi:
Texnik ishlar olib borilishi munosabati bilan sayt faoliyatida vaqtinchalik uzilishlar bo'lishi mumkin.

FVVning “Qamchiq” boshqarmasida nazorat tadbiri o‘tkazildi

Kuni kecha O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi kengashining tegishli Qarori bilan “Qutqaruv xizmati va qutqaruvchi maqomi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining ijro etilish holati, mazkur qonun talablari asosida amalga oshirilgan tadbirlar ijrosi bo‘yicha nazorat-tahlil o‘tkazish maqsadida, Mudofaa va xavfsizlik masalalari qo‘mitasining ishchi guruhi tomonidan “Qamchiq” maxsus qidiruv, yong‘in-qutqaruv boshqarmasida o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘rganish davomida dovonda joylashgan "Chinor" yo‘l-patrul xizmati maskani orqali xavfli yuklarning tashilishi, sayyohlarni tashishga mo‘ljallangan 15 kishilik mikroavtobuslarning xavfsiz harakatlanishi bo‘yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar bilan tanishildi.

Shundan so‘ng "Beshqo‘l" maskanida navbatchilik olib borayotgan qutqaruvchilarning jismoniy, kasbiy va jangovar tayyorgarligi, qutqaruvchi maqomi bo‘yicha amalga oshirilgan tadbirlar, me'yoriy hujjatlar holati o‘rganildi.

Navbatdagi manzilda tashkil qilingan o‘quv mashg‘ulotida shartli vaziyatga ko‘ra, yo‘l-tranport hodisasiga uchragan avtomobillar bilan bog‘liq baxtsiz hodisa bartaraf qilindi. Unda qutqaruvchilarning harakati ko‘zdan kechirildi. Shuningdek, mashq davomida qutqaruvchilarga yaratilgan shart-sharoitlar, favqulodda vaziyatlarda aholini qabul qilish uchun yaratilgan zaxiralar o‘rganildi.

Ishchi guruh a'zolari avtomobil' yo‘lida joylashgan yong‘in o‘chirish amaliy sporti bo‘yicha o‘quv mashq maydonida bo‘lib, yong‘in-qutqaruv otryadi xodimlarining harakatlarini kuzatdilar. Qutqaruv otryadida joylashgan avariya-qutqaruv, kimyo-qutqaruv mashinalari va qutqaruv asbob-anjomlarining taktik-texnik imkoniyatlari bilan tanishdilar.

Shundan so‘ng Navbatchi-dispetcherlik bo‘limida joylashgan aypi raqamli kuzatuv kameralari, SOS panellarining ishlash rejimlari, favqulodda vaziyatlarda aholini barvaqt ogohlantirish bo‘yicha amalga oshirilgan tadbirlar o‘rganib chiqildi.

Bundan tashqari, dovonda sodir bo‘lgan yirik favqulodda vaziyatlar va avtomobil' yo‘lining vaqtinchalik yopilishi bilan bog‘liq vaziyatlarda Respublika idoralararo shtabi ishchi guruhi a'zolarining harakatlari bilan tanishildi.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech