Qoraqalpog‘iston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xodimlari aholi orasida is gazidan zaharlanish hamda isitish mavsumida sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan yong‘inlarning oldini olish yuzasidan bozorlar, savdo markazlari va boshqa jamoat joylarida tushuntirish va targ‘ibot tadbirlarini olib bormoqdalar.
Tadbirlar davomida maxsus ko‘rgazmalar tashkil etilib, isitish qozonlari va ularning tizim qismlaridan to‘g‘ri foydalanish qoidalari o‘ziga xos tasvir vositalari orqali ko‘rsatib berildi. Ular orqali mazkur joydagi aholi vakillari, shu jumladan, maktab o‘quvchilari ushbu ko‘rgazmadan qisqa, ammo aniq ma'lumotlar oldilar.