FVV ogohlantiradi:
29 yanvar kuni ob-havo o'zgaruvchan bo'lib, kechasi va ertalab ayrim joylarda yomg'ir yog'ib, bazi hududlarda qorga aylanishi mumkin. Andijon, Namangan va Farg'ona viloyatlarida yomg'ir qor yog'adi. Qoraqalpog'iston Respublikasi, Buxoro va Xorazm viloyatlarida yog'ingarchilik kutilmaydi. Ayrim joylarda tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s (25-43 km/soat) tezlikda esib, 17-22 m/s (61-79 km/soat)gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 0-5*S sovuq, kunduzi 3-8*S iliq bo'ladi.

FVVning Qoraqalpog‘iston Respublikasi boshqarmasi xodimlari tomonidan is gazidan zaharlanishning oldini olish bo‘yicha targ‘ibot tadbirlari olib borildi

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xodimlari aholi orasida is gazidan zaharlanish hamda isitish mavsumida sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan yong‘inlarning oldini olish yuzasidan bozorlar, savdo markazlari va boshqa jamoat joylarida tushuntirish va targ‘ibot tadbirlarini olib bormoqdalar.

Tadbirlar davomida maxsus ko‘rgazmalar tashkil etilib, isitish qozonlari va ularning tizim qismlaridan to‘g‘ri foydalanish qoidalari o‘ziga xos tasvir vositalari orqali ko‘rsatib berildi. Ular orqali mazkur joydagi aholi vakillari, shu jumladan, maktab o‘quvchilari ushbu ko‘rgazmadan qisqa, ammo aniq ma'lumotlar oldilar.

O'xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech