FVV ogohlantiradi:
25 iyun kuni ob-havo o'zgaruvchan, yog'ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s (25-43 km/soat) tezlikda esib, ayrim joylarda 15-20 m/s (54-72 km/soat)gacha kuchayishi, mumkin. Harorat kechasi 16-21*S iliq, kunduzi 30-35*S issiq.

G‘alla maydonlarida profilaktik tadbirlar...

Rizq-ro‘zimiz bo‘lmish g‘alla dehqonlarning mashaqqatli mehnati evaziga yetishtirilgan hosil, uni yig‘ib olishda barcha jihatlarga e'tibor qaratmoq lozim. Ana shu maqsadda, Qashqadaryo viloyati Qamashi tumani Favqulodda vaziyatlar bo‘limi xodimlari tomonidan g‘alla maydonlarida sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan yong‘inlarni oldini olish borasida bir qator profilaktik tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Unda, mavsumga jalb qilingan ishchi-xizmatchilar, kombayn operatorlari va mexanizatorlarga yong‘inlarni kelib chiqish sabablari, uni oldini olish va bartaraf etish bo‘yicha zarur tavsiyalar berildi.

Shuningdek, soha xodimlari tumandagi don qabul qilish maskanida ham bo‘lib, don mahsulotlarini saqlash va qayta ishlashda yong‘in xavfsizligi qoidalariga rioya etish borasida tushuntirish ishlari olib borildi.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech