Shrift o'lchami: A A A
Sayt rangi: A A A A
FVV ogohlantiradi:
16 sentyabr kuni ob-xavo o'zgaruvchan, yog'ingarchilik kutilmaydi. Shamol g'arbdan 7-12 m/s (25-43 km/soat) tezlikda esadi. Harorat 24-29 C issiq bo'ladi.

Gazdan xavfsiz foydalanish mavzusiga bag‘ishlandi

Joriy yilning 28 noyabr kuni poytaxtimizdagi «Wyndham Tashkent» mehmonxonasining anjumanlar zalida “O‘ztrasngaz” aksiyadorlik kompaniyasi tomonidan Favqulodda vaziyatlar vazirligi hamkorligida “Turmushda gazdan xavfsiz foydalanish” mavzusida seminar tashkil etildi.

Unda “O‘ztrasngaz” aksiyadorlik kompaniyasi, Favqulodda vaziyatlar, Ichki ishlar, Sog‘liqni saqlash vazirliklari va boshqa tegishli idora va xizmat vakillari, shuningdek, ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etdilar.

Seminarni o‘tkazishdan ko‘zlangan asosiy maqsad joylarda gazdan xavfsiz foydalanish borasida aholi o‘rtasida keng targ‘ibot ishlarini tashkil qilish, bugungi kunda ko‘p uchrayotgan is gazidan zaharlanishdek salbiy holatlarni oldini olishdan iborat bo‘ldi.

Tadbirda favqulodda vaziyatlar sodir bo‘lganda amalga oshirilishi zarur bo‘lgan tadbirlar, turmushda yong‘in xavfsizligini ta’minlash, jabrlanuvchilarga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish, yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan talofatlarni oldini olish borasida ma’ruzalar o‘qilib, keng muhokama qilindi.

Seminar yakunida tadbir ishtirokchilari hamda ommaviy axborot vositalari xodimlari tomonidan berilgan savollarga mutasaddi rahbarlar atroflicha javob berishdi.

 

FVV Matbuot xizmati

O'xshash yangiliklar

Nima uchun ob-havo har xil bo‘ladi?

Ha, nima uchun? Yerga tushayotgan issiqlik manbai har doim osha-osha, Yerga yetib keladigan quyosh energiyasi miqdori Yer shakli, uning yuzasi va sayyoramizni orab turgan havo qobigining gaz tarkibi o…

Республика ўқув амалий семинари

Жорий йилнинг 13 сентябрь куни Жиззах аккумулятор заводи акциядорлик жамиятида Объектларда фуқаро муҳофазаси тузилмаларини шахсий таркибини тайёрлашнинг долзарб масалалари мавзусида республика ўқув ам…

Yuksak e’tirof!

Albatta xar bir kasbning oziga yarasha mashaqqatlari bor. Lekin, dunyoda shunday kasblar borki, insondan matonat, iroda, tezkorlik va albatta kasbiy mahoratni talab qiladi. Qutqaruvchilik kasbi xam an…

МДҲга аъзо давлатларнинг табиий ва техноген тусдаги фавқулодда вазиятлар бўйича давлатлараро кенгашнинг навбатдаги йиғилиши

Жорий йилнинг 4-5 сентябрь кунлари Санкт-Петербург шаҳрида МДҲга аъзо давлатларнинг табиий ва техноген тусдаги фавқулодда вазиятлар бўйича давлатлараро кенгашининг навбатдаги ХХХII йиғилиши бўлиб ўтди…

Темур тузуклари билимдони

Куч тузилмаларига қарашли ҳарбий қисм ва муассасаларидаги ёш ходимлар ўртасида ўтказилган Темур тузуклари билимдони танловининг республика босқичида Фавқулодда вазиятлар вазирлигининг Ёнғин хавфсизлиг…

ФВВ тизимида 8 нафар ходимларга “полковник” махсус унвони топширилди

Жорий йилнинг 3 сентябрь куни Фавқулодда вазиятлар вазирлигида Фавқулодда вазиятлар вазирлиги Ёнғин хавфсизлиги бош бошқармаси ва унинг ҳудудий бошқармалари ходимлариги навбатдаги полковник махсус унв…

Davlat ramzlari
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech