Ру O'z En
FVV ogohlantiradi:
Texnik ishlar olib borilishi munosabati bilan sayt faoliyatida vaqtinchalik uzilishlar bo'lishi mumkin.

Geologik xavf bartaraf etildi

Joriy yilning 14-15-yanvar kunlari Jizzax viloyati FVB G‘allaorol tumani hokimligi, viloyat FVDT organlari hamda Xavfli geologik jarayonlarni kuzatish davlat xizmati bilan hamkorlikda ko‘chki xavfini bartaraf etish ishlarini olib bordi. Viloyatning G'allaorol tumanidan o‘tuvchi “Uchtepa-Jizzax-G'allaorol” 4p-38 avtomobil yo‘lining 39-49-kilometrlarida qutqaruvchilar yo‘lga tushish xavfi bo‘lgan katta tosh massalarini sun'iy ravishda tushirdilar. Ikki kun davom etgan ishlarda jami 480 metr kub tosh massalari xavfsiz joyga ko‘chirildi.
Ayni vaqtda avtomobil yo‘lida harakat qatnovi tiklangan.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech