Shrift o'lchami: A A A
Sayt rangi: A A A A
FVV ogohlantiradi:
18 fevral kuni respublika hududida yog'ingarchilik kutilmaydi. Joylarda tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s (25-43 km/soat) tezlikda esadi. Harorat 5-10 С iliq. 18-19 fevral kuni respublikaning tog'li hududlarida qor ko'chish xavfi bor. Xonadoningizni istishda ochiq olovdan xamda nostandart va qo‘lbola yasalgan isitish pechlari va anjomlaridan foydalanmang. Gazballonlarni yotoqxonaga olib kirish va foydalanish xayotingiz uchun xavfli. Isitish pechlaridan foydalanishdan avval ularning mo‘rikonlarining sozligini tekshiring. Gaz va boshqa muqobil yoqilg‘i (ko‘mir, o‘tin va boshqa)da ishlovchi istish pechlaridan foydalanishda xavfsizlik qoidalariga rioya qiling.

Germaniyaga tashrif

2017 yilning 6 - 7 noyabr kunlari Favqulodda vaziyatlar vazirining birinchi o‘rinbosari K.Aripov Berlin va Bonn shaharlariga (Germaniya) tashrif buyurib, favqulodda vaziyatlarning oldini olish va bartaraf etish borasidagi Germaniya tajribasi bilan yaqindan tanishdi. 

Tashrif davomida K.Aripov O‘zbekiston Respublikasining Germaniya Elichixonasi vakillari hamrohligida Germaniyaning Berlin shahridagi Ichki ishlar vazirligi tasarrufidagi Favqulodda vaziyatlarning oldini olish va bartaraf etish Departamenti, Aholini muhofaza qilish va tabiiy ofatlarda yordam ko‘rsatish Federal idorasi hamda Bonn shahridagi Favqulodda vaziyatlarda texnik yordam ko‘rsatish Federal agentligi faoliyati bilan yaqindan tanishdi.

Shuningdek, K.Aripov Germaniyaning Berlin shahridagi Ichki ishlar vazirligining Favqulodda vaziyatlarning oldini olish va bartaraf etish Departamenti, Aholini muhofaza qilish va tabiiy ofatlarda yordam ko‘rsatish Federal idorasi hamda Bonn shahridagi Favqulodda vaziyatlarda texnik yordam ko‘rsatish Federal agentligi rahbarlari bilan uchrashuvlar o‘tkazib, Ichki ishlar vazirligining bir qator boshqarmalariga tashrif buyurdi. Xususan, xabar berish xizmati, favqulodda vaziyatlarda boshqaruv markazi, texnik yordam ko‘rsatish xizmati va Bonn shahridagi ko‘ngilli qutqaruvchilar bo‘limlari shular jumlasidandir.

O‘tkazilgan uchrashuvlar davomida, Germaniya va O‘zbekistondagi fuqaro muhofazasini ta’minlash tadbirlarini tashkil qilish tizimi borasida tajribalar almashildi. Shuningdek, Germaniyaning tegishli idoralari bilan aholi va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish sohasida ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirish borasida takliflar muhokama qilindi.

O'xshash yangiliklar

Xitoylik fuqaroga yordam ko`rsatildi

2018 yilning 17 fevral kuni soat 11.50 da Toshkent viloyatining Chimyon tog`li hududida joylashgan "Chimyon" qutqaruv otryadining navbatchilik qismiga, Xitoy Xalq Respublikasi fuqarosi Chan Shi tog'yo…

“Lasetti” haydovchisiga yordam berildi

Joriy yilning 14 fevral kuni Toshkent shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasining 1050 tezkor raqamiga Lasseti rusumli avtomashina haydovchisi tomonidan uning avtomashinasi Sergeli tumani Chortoq mah…

?

Vazirga savol

Davlat ramzlari
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech