FVV ogohlantiradi:
21-25 avgust kunlari ob-havo o'zgaruvchan, yog'ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s (25-43 km/soat) tezlikda esadi. Harorat kechasi 17-22*S iliq, kunduzi 33-38*Sgacha issiq bo'ladi.

Go‘sht maydalagich o‘yinchoq emas

2017 yil 24 iyun kuni Kattaqo‘rg‘on tumani Payshanba shaharchasi Navoiy mahallasida yashovchi 4 yoshli A.Ibragimov ota-onasining e’tiborsizligi tufayli elektr go‘sht maydalagich oldida o‘ynab o‘tirgan vaqtida qo‘lini go‘sht maydalagich qisib qoladi.

Shundan so‘ng, A.Ibragimovning ota-onasi uni darhol RSHTTYOM Samarqand viloyati filialiga olib borishadi. Shifokorlar bemorni ko‘rib yordam ko‘rsata olmasligini aytib Favqulodda vaziyatlar boshqarmasiga murojaat etishni tavsiya qilishadi.

Bolaning qo‘lini go‘sht maydalagichdan chiqarib olish maqsadida, Samarqand viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi Qutqaruv otryadi shaxsiy tarkibi shifokorlar bilan hamkorlikda temir go‘sht maydalagichni bolgarka yordamida kesib, A.Ibragimovni o‘ng qo‘lini chiqarib olishda amaliy yordam ko‘rsatishdi.

Yosh bolalarni qarovsiz qoldirmang.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech