Ру O'z En
FVV ogohlantiradi:
Texnik ishlar olib borilishi munosabati bilan sayt faoliyatida vaqtinchalik uzilishlar bo'lishi mumkin.

Go‘shtqiymalagich – o‘yinchoq emas!

2019 yil 18 fevral kuni 18:50 da Samarqand viloyati Samarqand shahar Beruniy ko‘chasi 23 uy-43 xonadonda istiqomat qiluvchi fuqaro Y. M tomonidan viloyat boshqarma navbatchilik qismiga farzandi 2017 yilda tug‘ilgan A.F.ning o‘ng qo‘li uy-sharoitida foydalaniladigan elektr go‘sht qiymalagich ichiga kirib qolganligi hamda farzandini RSHTYIM viloyati filiali jarroxlik bo‘limiga olib borganligi to‘g‘risida xabar bergan.

Shundan so‘ng, zudlik bilan boshqarma mas’ul navbatchisi va 5 nafar qutqaruvchilari RSHTYIM Samarqand filiali jarroxlik bo‘limiga yetib borishdi.

Ushbu vaziyatda bolaning qisilib qolgan barmoqlarini jarohatsiz chiqarib olish bo‘yicha tibbiy xodimlar va qutqaruvchilarning hamkorlikdagi o‘ta ehtiyotkorlik va mahorat bilan amalga oshirgan harakatlari natijasida elektr go‘sht qiymalagich maxsus moslamalar bilan kesib olindi. Olib borilgan tezkor harakatlar o‘z samarasini beradi va bolaning qo‘li moslamadan chiqarib olinadi. 

Hurmatli ota-onalar farzandlaringizni nazoratsiz qoldirmang!

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech