FVV ogohlantiradi:
28-oktyabr kuni ob-havo o'zgaruvchan, yog'ingarchilik kutilmaydi, faqatgina Andijon, Namangan va Farg'ona viloyatlari bo'yicha ayrim joylarda yomg'ir yog'ishi mumkin. Shamol sharqdan g'arbiy yo'nalishga o'zgarib, 7-12 m/s (25-43 km/soat) tezlikdan, ba'zi joylarda 17-22 m/s (61-79 km/soat)gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 3-8*S iliq, shimolda 0-3*S sovuq, kunduzi 10-15*S iliq bo'ladi.

Haftalik bashorat

Bu yilgi aprel O‘zbekistonda yomg‘irli ob-havosi bilan ajralib turibdi. Aprel oyining boshidan boshlab to hozirgi kungacha respublikamizning shimoliy tumanlari va Farg‘ona vodiysidan tashqari mamlakatimiz hududining katta qismida 10 kundan 15 kungacha turli jadallikdagi yomg‘irli kunlar kuzatildi. YOqqan yog‘inlar miqdori esa oylik me’yordan oshib ketdi.

Ba’zi kunlarda ayrim joylarga kuchli, ayrim joylarga esa kuchli jala yomg‘irlar yoqqanining guvohi bo‘ldik. Bunda bir necha soat davomida bir oylik yomg‘irning deyarli yarmi yog‘ib o‘tdi. Masalan, Boysunda ikki sutka davomida yoqqan yomg‘ir miqdori deyarli ikki oylik me’yordan oshib ketdi.  Toshkentda esa 19 aprel kuni kunduzi va  20 aprel kuni kechasi, ya’ni sutka davomida yoqqan yomg‘ir aprel oyi normasining yarmini tashkil qildi.

Bunday yomg‘irli ob-havoning sababi shundaki, deyarli butun oy davomida O‘zbekiston hududi ustida janubda hosil bo‘lgan nam havo oqimlari Rossiyaning Evropa hududidan kirib kelgan  nisbatan sovuq havo oqimlari bilan doimiy ravishda qo‘shilib turdi. Havo oqimlarining bunday bir-biriga qo‘shilishi kuchli jala hosil bo‘lishi uchun qulay sharoitlar yaratdi.

Aprel oyidagi bunday yog‘inlarni anomal, g‘ayrioddiy  hodisa deb bo‘lmaydi , aprel yilning eng nam oylaridan biri hisoblanadi, shundoq bo‘lsa ham bunday seryomg‘ir aprel kamroq – 4-5 yilda 1 marta kuzatiladi.

Bundan oldin eng nam aprel Toshkentda 1990 yilda kuzatilgan. O‘shanda bir oy davomida yoqqan yomg‘ir  deyarli 3 oylik me’yorni tashkil qilgan. YArim oylik yog‘inlar miqdori 1 kunning o‘zida yoqqan.

Bunday nobarqaror va o‘zgaruvchan ob-havo  yana ikki kun davomida saqlanib turadi. 23-24 aprel kunlari O‘zbekiston bo‘yicha yana yomg‘ir yog‘adi, 24 aprelda yomg‘ir kuchayib, ayrim joylarda jala quyishi mumkin.

25 apreldan boshlab oyning oxirigacha yog‘ingarchiliksiz ob-havo bo‘lishi kutilmoqda. 24-25 aprel kunlari havo harorati kunduzi 13-18 darajagacha, kechasi 5-10 darajagacha tushib ketishi mukmin. Bu me’yordan 5-7 darajaga past. Keyinchalik harorat ko‘tarila boshlaydi  va oyning oxiriga kelib aprel uchun odatiy ko‘rsatkichlargacha ko‘tarilishi taxmin qilinmoqda.

 

 

O'xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech