Navoiy viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi tomonidan “Navoiy” xalqaro aeroporti hududidan tashqarida halokatga uchragan havo kemasi izlab topish va kechiktirib bo‘lmaydigan avariya-qutqaruv ishlarini tashkil etishga qaratilgan maxsus-taktik o‘quv mashqi o‘tkazildi.
O‘quv mashqi bosqichma-bosqich real sharoitga yaqinlashtirilgan holda o‘tkazildi.
O‘quv mashqining asosiy maqsadi etib, viloyat doimiy tayyorgarlikdagi xizmatlarining halokatga uchragan havo kemasini izlab topish va kechiktirib bo‘lmaydigan avariya-qutqaruv ishlarini tashkil etishda ob’ekt qutqaruvchilarini tajriba va malakasini oshirish, ularning hamkorlikdagi harakatlarini amalda tekshirish hamda muvofiqlashtirishga qaratildi.
O‘quv mashqi yig‘in, havo kemasi halokatga uchragan hududda qidiruv-qutqaruv ishlarini tashkil qilish, yuzaga kelgan yong‘inni bartaraf qilish, havo kemasidan jabrlanuvchilarni xavfsiz hududga evakutsiya qilish
va jabrlanganlarga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish kabi bosqichlarda o‘tkazildi.
O‘quv mashqlariga viloyat FVB, Milliy Gvardiya, FVB YoXB, IIB, SSB hamda “Navoiy” xalqaro aeroportining kuch va vositalaridan 20 ta maxsus texnika va 118 nafar xodimlar jalb etildi.
O‘quv mashqi davomida ko‘zlangan asosiy maqsadlarga erishildi.