Ру O'z En
FVV ogohlantiradi:
Texnik ishlar olib borilishi munosabati bilan sayt faoliyatida vaqtinchalik uzilishlar bo'lishi mumkin.

Hamjihatlikning natijasi

2017 yilning 14 dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi navbatchilik qismiga Qozog‘iston Respublikasi Aqto‘be viloyati Favqulodda vaziyatlar departamentidan “Karabutak-Komsomol-Kostanay” avtomobil yo‘lining 78-kilometrida “Toshkent-Perm” yo‘nalishida harakatlanayotgan yo‘lovchi avtobusi texnik nosozlik tufayli to‘xtaganligi to‘g‘risida ma’lumot kelib tushdi. Aniqlanishicha avtobus ichida 13 nafar O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari bo‘lishgan.

Qozog‘iston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi hamda Ichki ishlar vazirligining favqulodda vaziyatlar qo‘mitasi tomonidan ko‘rilgan sa’y – harakatlar natijasida avtobusdagi yo‘lovchilar vaqtinchalik yaqin aholi punktiga evakuatsiya qilinib, ularga zarur yordam ko‘rsatilgan.

Qisqa vaqt ichida avtobusga texnik xizmat ko‘rsatilib, barcha yo‘lovchilar  yana yo‘lga tushishgan.

Mazkur sa’y-harakatlar O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi va Qozog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining Favqulodda vaziyatlar qo‘mitasi o‘rtasidagi konstruktiv hamkorlikning yana bir yaqqol misolidir.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech