Hamkorlik mustahkamlandi

2017 yilning 10 oktyabr kuni vazirlikda Favqulodda vaziyatlar vazirining birinchi o’rinbosari Komiljon Aripov Yaponiyaning O'zbekistondagi elchixonasi maslahatchisi – elchi o’rinbosari Soichiro Tayoshima bilan uchrashdi.

Uchrashuv davomida mehmonlar vazirlikning faoliyati bilan yaqindan tanishdilar. Shuningdek, favqulodda vaziyatlarning oldini olish va bartaraf etish sohasidagi hamkorlikning istiqbolli yo‘nalishlari muhokama qilindi.