Surxondaryo viloyati Termiz shahrida qurilishi tugallanmagan ko‘p qavatli binoda tabiiy va texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlar hamda yong‘inlar sodir bo‘lganda to‘g‘ri harakat qilish, yuqori qavatlarda qolib ketgan ishchi xizmatchilarni xavfsiz hududlarga evakuasiya qilish bo‘yicha hamkorlikdagi amaliy maxsus-taktik o‘quv mashki o‘tkazildi.
O‘quv mashqi davomida Mudofaa vazirligiga qarashli harbiy qism va viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasining harbiy xizmatchilari bilan birgalikda favqulodda vaziyatlar va yong‘inlar sodir bo‘lganda, ularning oqibatlarini bartaraf etish bo‘yicha amaliy harakatlarni bajarish orqali o‘zaro tajribalar almashdilar. Bu orqali ishtirokchilar sohaga doir bilim va ko‘nikmalarin yanada mustahkamladilar.
Mazkur tadbirga tegishli idoralarning 70 nafar xodimlari va maxsus texnik vositalar jalb etildi.