Shrift o'lchami: A A A
Sayt rangi: A A A A
FVV ogohlantiradi:
22 avgust kuni ob-xavo o'zgaruvchan yog'ingarchilik kutilmaydi. Shamol shaqgan g'arbga 7-12 m/s (25-43 km/soat) tezlikda esib, 15-20 (54-72 km/soat) tezlikda esadi. Harorat 30-35 C issiq bo'ladi.

Hamkorlikdagi seminar

Joriy yilning 2 noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi Toshkent vrachlar malakasini oshirish institutida “Radiatsion xavfsizlik muammolari va ularning yechimi” mavzusida ilmiy-amaliy seminar o‘tkazildi.

Seminar, O‘zbekiston Respublikasi Fuqaro muhofazasi instituti huzuridagi aholi va hududlarni tabiiy hamda texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish, shuningdek, fuqaro muhofazasi sohasidagi ilmiy ishlarni rivojlantirish bo‘yicha Idoralararo kengash hamda O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi Toshkent vrachlar malakasini oshirish instituti bilan hamkorlikda tashkil etildi.

Tadbirda, O‘zbekiston Respublikasi Fuqaro muhofazasi instituti huzuridagi aholi va hududlarni tabiiy hamda texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish, shuningdek, fuqaro muhofazasi sohasidagi ilmiy ishlarni rivojlantirish bo‘yicha Idoralararo kengash a’zolari, Toshkent vrachlar malakasini oshirish instituti ilmiy xodimlari, Fuqaro muhofazasi instituti magistrantlari ishtirok etishdi.

Ilmiy-amaliy seminar respublika aholisi va hududlarini radiatsiyaviy xavfsizligini ta’minlash va bu borada amalga oshirilayotgan ilmiy-tadqiqot ishlari natijalarini amaliyotga samarali tatbiq etish masalalarini muhokama qilish maqsadida tashkil etildi.

Mazkur seminarda radioaktiv moddalarning salbiy omillarini biologik obyektlarga ta’siri va uning oldini olish chora-tadbirlari, radiatsion xavfsizlikni ta’minlash sohasida amalga oshirilayotgan ilmiy-tadqiqot ishlari, rivojlangan xorijiy davlatlar tajribalari, sohaga tatbiq etilayotgan innovatsion qurilmalarga oid masalalar muhokama etildi.

Tadbir yakunida Ilmiy ishlarni rivojlantirish bo‘yicha idoralararo kengash a’zolari tomonidan soha bo‘yicha amalga oshirilayotgan ilmiy-tadqiqot ishlarini qo‘llab-quvvatlash, ularning natijalarini amaliyotga samarali tatbiq etishga qaratilgan  tegishli qarorlar qabul qilindi.

 

FVV Matbuot xizmati

 

 

 

O'xshash yangiliklar

Қудуқга тушиб қолган ит чиқариб олинди

Жорий йилнинг 20 август куни соат 13:35да Жиззах вилояти Фавқулодда вазиятлар бошқармаси навбатчилик қисмига, Жиззах шахар Кўтарма МФЙ Х.Дўстлиги кўчаси 2-уйда истиқоат қилувчи фуқаро Б.Ҳ. томонидан, …

Hashar elga yarashar

Asrlar osha shakllanib, avloddan-avlodga meros bo`lib kelgan milliy qadriyatlarimizdan biri bu ommaviy bayramlar oldidan yurtimizda umumxalq hasharlarini otkazish, obodonlashtirish tadbirlarini amalg…

Ўз вақтида ёрдам кўрсатилди

Жорий йилнинг 15 август куни Тошкент шаҳар Фавқулодда вазиятлар бошқармасининг навбатчилик қисмига соат 14:34да Миробод тумани Фарғона йўли кўчасида Дамас, Жигули ва Ласетти русумидаги автомобиллар иш…

Навоий вилоятида туман Фавқулодда вазиятлар бўлимларининг моддий-техник базаси мустаҳкамланмоқда

Бугунги кунда мамлакатимизда фавқулодда вазиятларни олдини олиш ва уларни бартараф этиш соҳасида кенг кўламли ислоҳотлар олиб борилмоқда. Дарҳақиқат, республикамизнинг олис ҳудудларида юзага келиши му…

Ангрен шаҳрида футбол мусобақаси ўтказилди

Ўзбекистон Республикаси Давлат Мустақиллигининг 28 йиллигини кенг нишонлаш, муносиб кутиб олиш мақсадида Жонажон Ўзбекистоним, мангу бўл омон! шиори остида, жорий йилнинг 12 август куни Ангрен шаҳрида…

Davlat ramzlari
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech