Ру O'z En
FVV ogohlantiradi:
Texnik ishlar olib borilishi munosabati bilan sayt faoliyatida vaqtinchalik uzilishlar bo'lishi mumkin.

Hamkorlikdagi tadbir

Kuni kecha Qoraqalpog‘iston Respublikasining Vazirlar Kengashida Favqulodda vaziyatlar, Suv xo‘jaligi vazirliklari va boshqa tegishli tashkilotlar bilan o‘zaro hamkorlikda Oliy Majlisi Senatining 2021 yil 5 fevraldagi qarori ijrosi yuzasidan yig‘ilish o‘tkazildi. Unda ushbu qaror doirasida amalga oshirilayotgan choralar bilan bir qatorda, aholi va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish borasidagi ishlar to‘g‘risida ham ma'lumotlar berildi.


Xususan, Favqulodda vaziyatlar vazirligi boshqarma boshlig‘i Z.Qilichev joylarda o‘tkazilayotgan sel, suv toshqini va ko‘chki hodisalarining oldini olish borasida tegishli tashkilotlar bilan birgalikda profilaktik tadbirlar xususida ma'ruza qildi.


Yig‘ilish yakunida ishlarning samarali hamda o‘z vaqtida to‘laqonli bajarilishi yuzasidan chora-tadbirlar belgilandi.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech