FVV ogohlantiradi:
15 oktyabr kuni ob-xavo o'zgaruvchan, yog'ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s (25-43 km/soat) tezlikda esadi. Harorat 17-22 C iliq bo'ladi.

Hamkorlikdagi tadbirlar natijasi

Favqulodda vaziyatlar vazirligi tegishli vazirlik va idoralar bilan hamkorlikda aholini qarovsiz jonivorlar (itlar)dan jabrlanishini va quturish kasalligini oldini olish bo’yicha bir qator profilaktik tadbirlarni har yili amalga oshirib kelmoqda.

Asosiy e`tibor aholi o’rtasida sanitar targ’ibot ishlarini olib borishga, qarovsiz hayvonlardan jabrlanganda antirabik yordam olish uchun zudlik bilan tibbiyot muassasasiga murojaat qilish zarurligini tushuntirishga, shuningdek qarovsiz hayvonlarni tutish va uy itlarini o’z vaqtida quturishga qarshi emlashga qaratilmoqda.

Olib borilgan tizimli profilaktik tadbirlar natijasida fuqarolarni qarovsiz hayvonlar (itlar)dan jabrlanishi 2017 yilda 12 kishini tashkil etdi, bu ko’rsatgich 2016 yilda 31 kishini tashkil etgan edi.

Profilaktik targ’ibot tadbirlarida aholiga hayvondan jabrlanganda antirabik yordam zarurligi tushuntirilishi natijasida, hozirda antirabik yordamga murojaatlar ko’payib bormoqda, shuningdek quturish bilan kasallanish ham o’tgan yilga nisbatan uch barobar qisqargan.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech