Ру O'z En
FVV ogohlantiradi:
Texnik ishlar olib borilishi munosabati bilan sayt faoliyatida vaqtinchalik uzilishlar bo'lishi mumkin.

HARAKATLAR SARHISOBI: 2017 YIL NATIJALARI

2017 yilning 26 dekabr kuni “Harakatlar strategiyasi” Markazida 2017 yil Harakatlar strategiyasi ijrosining yakuniga bag‘ishlangan brifing o‘tkazildi.

Tadbirda Favqulodda vaziyatlar vazirligining boshqarma boshliqlari, tegishli vazirlik va idoralarning mutaxassislari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdilar.

Brifingda “Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili”da 2017-2021 yillarda mamlakatimizni rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi ijrosini ta’minlash, Dasturda belgilangan vazifalar yuzasidan vazirlikning tegishli boshqarmalari tomonidan bajarilgan ishlar to‘g‘risidagi hisobotlar o‘qib eshittirildi.

Xususan, 2017 yilda Favqulodda vaziyatlar vazirligi tomonidan Kompleks dastur ishlab chiqildi va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining aholini va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish tizimi samaradorligini oshirishga yo‘naltirilgan 4 ta qarori qabul qilingani alohida e’tirof etildi.

 

FVV Matbuot xizmati

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech