FVV ogohlantiradi:
5 dekabr kuni ob-havo o'zgaruvchan bo'lib,ayrim joylarda yomg'ir yog'adi . Faqatgina Qaraqoipog'iston Respublikasi Xorazim Andijon Namangan va Farg'ona viloyatlarida yog'ingarchilik kutilmaydikunning Shamol sharqdan 7-12 m/c(25-43 km/soat) tezlikda esadi. Harorat kechasi 2-7*S iliq, kunduzi 5-10*S iliq bo'ladi.

“Harakatlar strategiyasi” markazida matbuot anjumani o‘tkazildi

Joriy yilning 28 noyabr kuni “Harakatlar strategiyasi” markazida favqulodda vaziyatlarni oldini olish va ularni bartaraf qilish, “Qamchiq” dovonida joylashgan kuch va vositalar harakatlarini yagona muvofiqlashtirish bo‘yicha qo‘shimcha choralarga bag‘ishlangan matbuot anjumani o‘tkazildi. Tadbirda Favqulodda vaziyatlar vazirligining boshqarma boshliqlari, tegishli vazirlik va idoralarning mutaxassislari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdilar.

Shuningdek, mazkur anjumanda 2017-2021 yillarda mamlakatimizni rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi ijrosini ta’minlash Dasturida belgilangan vazifalar yuzasidan vazirlikning tegishli boshqarmalari tomonidan bajarilgan ishlar to‘g‘risidagi hisobotlari ma’lumot tarzida yetkazildi.

Qayd etish joizki, “Qamchiq” dovonida favqulodda vaziyatlarni oldini olish va bartaraf qilish tizimini yanada takomillashtirish bo‘yicha olib borilayotgan chora-tadbirlar anjuman qatnashchilarida va OAV vakillarida katta qiziqish uyg‘otdi va ularning bu boradagi mulohazalari tinglandi.

FVV Matbuot xizmati

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech