Ру O'z En
FVV ogohlantiradi:
Texnik ishlar olib borilishi munosabati bilan sayt faoliyatida vaqtinchalik uzilishlar bo'lishi mumkin.

Harbiy qismda profilaktik tadbir

Tabiiy ofatlar, xavfli vaziyatlar va inson hayotiga xavf soluvchi turli omillardan aholini muhofaza qilish hamda kuz-qish mavsumini betalofat o‘tkazish maqsadida Toshkent viloyati Angren shahar Favqulodda vaziyatlar bo‘limi xodimlari tomonidan hududda joylashgan harbiy qismlarning birida profilaktik tadbir tashkil etildi.

Tadbir davomida soha xodimlari ishtirokchilarga yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan yong‘inlar, is gazidan zaharlanish va gaz-havo aralashmasining chaqnashi bilan bog‘liq hodisalarning oldini olish, favqulodda vaziyatlarni bartaraf etishda foydalaniladigan qutqaruv asbob-anjomlari bo‘yicha keng qamrovli tushuncha va tavsiyalar berdilar.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech