Ру O'z En
FVV ogohlantiradi:
Texnik ishlar olib borilishi munosabati bilan sayt faoliyatida vaqtinchalik uzilishlar bo'lishi mumkin.

HARBIYLARGA YANGI UYLAR TOPSHIRILDI

 14-yanvar Vatan himoyachilari kuni bayramni ko‘tarinkilik bilan nishonlash ananaga aylangan.

Favqulodda vaziyatlar vazirligi tizimida o‘tkazilgan bayram tadbiri ham ko‘tarinki ruhda bo‘lib o‘tdi.

Sababi ko‘p yillar davomida jamoaga o‘rnak bo‘lib xizmat qilib kelayotgan harbiy xizmatchilar va ularning oila a’zolariga yangi uy-joylar topshirildi.

Poytaxtimizning YAshnobod tumanida bunyod etilgan 36ta zamonaviy usulda bunyod etilgan shinam, hamma qulayliklarga ega bo‘lgan honadonlarning kalitlari o‘z egalariga topshirildi.

– 2019 yil bizning oilamizga juda quvonchli keldi deydi podpolkovnik YUnusov M. Sababi davlatimiz tomonidan men va men kabi harbiy xizmatchilarning kamtarona mehnatlarini inobatga olib, zamonaviy hamma sharoitlarga ega bo‘lgan honadonlarni olishimiz bizni kelgusidagi xizmatlarimizga kuch-quvvat va yuksak marralarga erishishimizga zamin yaratadi.

SHuni ta’kidlash kerakki, bugungi kungacha vazirlik tizimida xizmat qilib kelayotgan harbiy xizmatchi va hodimlarga 571ta mana shunday honadonlar topshirilgan bo‘lib ularning 10 tasi istefodagi harbiy xizmatchilarga, 45 tasi yosh oilalarga, 2 tasi xizmat vaqtida halok bo‘lgan harbiy xizmatchilarning oila a’zolariga topshirilgan.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech