Ру O'z En
FVV ogohlantiradi:
Texnik ishlar olib borilishi munosabati bilan sayt faoliyatida vaqtinchalik uzilishlar bo'lishi mumkin.

Hashar elga yarashar

Asrlar osha shakllanib, avloddan-avlodga meros bo`lib kelgan milliy qadriyatlarimizdan biri bu – ommaviy bayramlar oldidan yurtimizda umumxalq hasharlarini o‘tkazish, obodonlashtirish tadbirlarini amalga oshirishdir.

Mana shunday ulug` kunlarda ya’ni mamlakatimiz Mustaqilligining 28 yilligi oldidan joriy yilning 17-18 avgust kunlari umumxalq hashari o‘tkazilmoqda. O`zida poklik, insoniylik kabi ezgu jihatlarni mujassam etgan hashar tadbirlari Favqulodda vaziyatlar vazirligi tizimida ham uyushqoqlik bilan tashkil etildi. Erta tongdan vazirlik hovlisiga saf tortgan harbiy xizmatchi va xizmatchilarga tadbir hamda undan ko‘zlangan maqsad-vazifalar tushuntirilib, ularga zarur tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.

Shundan so‘ng, barcha boshqarma, mustaqil bo‘lim va xizmatlar xodimlari o‘zlariga biriktirilgan hududlarda obodonlashtirish, tozalash ishlarini boshlab yubordilar.

Hashar davomida uchastkalarda уerlarni chopish, daraxtlarga shakl berish, bardyurlarni oqlash, supurish, chiqindilarni belgilangan hududlarga olib chiqish ishlari qizg‘in amalga oshirildi. O‘zaro hamjihatlik, inoqlik asosida tashkil etilgan xayrli tadbir natijasida, vazirlik hovlisi, xizmat xonalari ozoda, shinam va obod holga keltrildi.

Ish ishtaha ochar deganlaridek, tadbirda hasharchilar uchun tushlik dasturxoni tashkil qilinib, unga xalqimizning milliy shoh taomi – osh tortildi. 

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech