FVV ogohlantiradi:
26 may kuni ob-havo o'zgaruvchan, ayrim joylarda kam bulutli bo'lib, yog'ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s (25-43 km/soat) tezlikda esadi. Harorat 34-39*S issiq bo'lib, shimoliy cho'l hududlarida 40-41* S gacha issiq bo'ladi.

Hay’at majlisi o‘tkazildi

2017 yilning 29 dekabr kuni vazir R.Djuraev raisligida O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligining videoselektor orqali hay’at yig`ilishi bo‘lib o‘tdi.

Markaziy apparat studiyasida vazir o`rinbosarlari, vazirlik markaziy apparati boshqarmalari, mustaqil bo`lim va xizmatlari boshliqlari, Gidrometeorologik xizmat markazi, “Davsuvxo`jaliknazorat” inspeksiyasi, Seysmoprognostik Respublika markazi rahbarlari ishtirok etishdi.

Viloyat studiyalarida hududiy Favqulodda vaziyatlar boshqarmalari boshliqlari va ularning o`rinbosarlari, bo`lim va bo`linma boshliqlari, Gidrometeorologiya boshqarmasi, “Davsuvxo`jaliknazorat” isnpeksiyasi, Seysmoprognostik markazi rahbarlari qatnashdilar. 

Hay’at majlisini o`tkazishdan maqsad O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M. Mirziyoevning Oliy Majlisga Murojaatnomasida belgilangan ustuvor vazifalarni vazirlik shaxsiy tarkibiga yetkazish, aholini va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish sohasidagi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmon va Qarorlari ijrosini ta’minlash va ijro intizomi masalalari muhokamasidan iborat bo‘ldi.

Shuningdek, hay’at yig‘ilishida 2017 yilda bajarilgan ishlarning sarhisobi va 2018 yil uchun amalga oshiriladigan istiqbolli rejalar belgilab olindi.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech