FVV ogohlantiradi:
27 yanvar kuni ob-havo o'zgaruvchan bolib, ayrim joylarda (yomg'ir, qor) yog'ishi mumkin. Qashqadaryo, Surxondaryo, Andijon, Namangan, Farg'ona viloyatlarida yog'ingarchilik kuzatilmaydi. Shamol sharqdan g'arbga qarab 7-12 m/s (25-43 km/soat) tezlikda esadi. Harorat 0-5* C iliq' bo'lib ayrim joylarga tuman tushishi mumkin.

HAYDOVCHI VA YO‘LOVCHIGA YORDAM KO‘RSATILDI

Joriy yilning 16 noyabr kuni soat 11:40da “Qamchiq” navbatchilik maskani navbatchi dispetcheriga, Buxoro viloyati Kogon tumanida tug‘ilgan, R. Sh. boshqaruvidagi “ISUZU” rusumli yuk mashinasi A-373 “Toshkent-O‘sh” avtomobil yo‘lining 248 km.da boshqaruvni yo‘qotib, yo‘l chetidagi handaqqa (kyuvetga) tushib ketganligi to‘g‘risidagi ma’lumot kelgan.

Buning oqibatida “ISUZU” yuk mashinasi ag‘darilib, mashina haydovchisi va yo‘lovchisiga o‘rta darajadagi tan jarohati yetadi.

Mazkur murojaat yuzasidan, voqea joyiga “Rezak” navbatchilik maskani guruh komandiri katta serjant A.Ergashev boshchiligida qutqaruv guruhi tezkorlik bilan yetib borishgan. Qutqaruvchilar tomonidan “ISUZU” yuk mashinasi haydovchisi va yo‘lovchisi mashina ichidan chiqarib olinib, birinchi tibbiy yordam ko‘rsatilgan. Shundan so‘ng, jabrlanganlar Pop tuman markaziy shifoxonasiga yetkazilgan.

O'xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech