FVV ogohlantiradi:
8 yanvar kuni ob-havo о'zgaruvchan, yog'ingarchilik kutilmaydi. Tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s (25-43 km/soat) tezlikda esadi. Harorat kechasi 7-12*S sovuq, kunduzi 2-7*S sovuq bo'ladi. Qor ko'chkisi havfo mavjoud.

HAYDOVCHILAR DIQQATIGA!

Kuz-qish mavsumi kirib kelishi munosabati bilan A-373 “Toshkent-O‘sh” avtomobil yo‘lining “Qamchiq” dovonida ob-havo haroratining keskin pasayishi kuzatilishi (qisqa muddatli yomg‘ir va qor yog‘ishi) mumkin.

Shu munosabat bilan, yo‘l transport hodisalari bilan bog‘liq favqulodda vaziyatlarning oldini olish maqsadida, dovon hududida harakatlanishdan oldin quyidagi mutaxassis tavsiyalariga e’tibor qaratishingizni so‘raymiz:

avtomobillarning texnik holatini to‘liq ko‘zdan kechirish;

dovon orqali yetarli darajada yoqilg‘i-moylash mahsulotlari bilan harakatlanish;

avtotexnikalarning qish mavsumida harakatlanish uchun maxsus shinalar bilan almashtirish;

haydovchilarimizning “Qamchiq” dovoni orqali harakatlanganda hushyorlikni yanada oshirishlari va yo‘llarda to‘xtab dam olishlari;

viloyatlararo yuk tashish bilan shug‘ullanuvchi tashkilotlar, firmalar, xususiy tadbirkorlar tomonidan haydovchilar bilan profilaktik tadbirlar o‘tkazilishi.

“Qamchiq” dovoni bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumotlarni quyidagi telefon raqami orqali olishingiz mumkin:

“Qamchiq” Maxsus qidiruv-qutqaruv boshqarmasi navbatchilik qismi: 95 146-87-08.

 O‘zingiz hamda yo‘lovchilar hayotini xavf ostiga qo‘ymang!

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech