FVV ogohlantiradi:
6 dekabr куни ob-havo o'zgaruvchan, yog'ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s (25-43 km/soat) tezlikda esadi. Harorat kechasi 2-7*S sovuq, kunduzi 2–7*S iliq bo'ladi.

Hojatxona uchun chuqur qazish jarayonida tuproq ostida qolgan fuqaro qutqarib qolindi

2020 yilning 17-fevral kuni soat 13-50da Qashqadaryo viloyati G‘uzor tumanida joylashgan “Karvon” savdo majmuasi hududida 3 nafar aka-ukalarning hojatxona uchun chuqur qazish jarayonida xavfsizlik qoidalariga rioya qilmasliklari oqibatida 2 nafarini tuproq bosib qolgan.

Hodisa yuzasidan Qashqadaryo viloyati favqulodda vaziyatlar boshqarmasining qutqaruv guruhi qisqa vaqt ichida voqea joyiga yetib borib, 1987 y.t. fuqaro A.I.ni qutqarib olishdi. Afsuski, tuproq ostida qolgan boshqa bir fuqaro 1984 y.t., A.I. hodisa yuz bergan joyda halok bo‘lgan.

Holat yuzasidan dastlabki tergovoldi surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

O'xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech