Homilador ayolga yordam ko‘rsatildi

Olmaliq shahar FVB navbatchi dispetcheriga Olmaliq shahrida yashovchi fuqaro E.Q tomonidan murojaat kelib tushdi. Unga ko‘ra homilador bo‘lgan  turmush o‘rtog‘i uy ichida qolib, bir necha soat davomida eshikni ochmaganligi va telefon qo‘ng‘iroqlariga ham javob bermaganligi ma’lum qilingan.

Olmaliq shahar FVB qutqaruvchilari voqea joyiga tezkorlik bilan yetib borishdi. Maxsus qutqaruv asbob-anjomlari yordamida uyning eshigini ochib ichkariga kirishganda fuqaro N.U. xonadon ichida behush holda ekanligi aniqlandi.

Ma’lum bo‘lishicha, jabrlanuvchi xonadon ichida yiqilib, hushidan ketgan va chap qo‘lining tirsak qismi chiqqan.

Qutqaruvchilar tomonidan jabrlanuvchiga birinchi tez tibbiy yordam ko‘rsatildi va fuqaro zudlik bilan shifoxonaga jo‘natildi.

 

FVV Matbuot xizmati