O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 2-dekabrdagi "2030 yilgacha O‘zbekiston Respublikasining "yashil" iqtisodiyotga o‘tishiga qaratilgan islohotlar samaradorligini oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-436-son qarorini 3-ilova 10-bandini ijroga qaratish maqsadida “Iqlim o‘zgarishi va tabiiy ofatlar xavfiga nisbatan milliy javob choralarini ishlab chiqish va amalga oshirishning samarali normativ-huquqiy va institutsional bazani mustahkamlash” normativ-huquqiy hujjat loyihasi ishlab chiqish yuzasidan joriy yilning 26-yanvar kuni FVV Yong‘in xavfsizligi va favqulodda vaziyatlar muammolari ilmiy-tadqiqot institutida Favqulodda vaziyatlar davlat tizimiga kiruvchi vazirlik va idoralar hamda Favqulodda vaziyatlar vazirligi tashkiliy tuzilmalaridan tashkil topgan “Idoralararo ishchi guruh”ning yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishda normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqishda Iqlim o‘zgarishi va tabiiy ofatlar xavfiga oid O‘zbekiston Respublikasining qonunchilik hujjatlari o‘rganib chiqilishi yuzasidan tahliliy maʼlumotlar va xorijiy davlatlar, shuningdek, MDH davlatlarining ushbu sohani tartibga soluvchi qonunchilik hujjatlarini o‘rganish natijasida tayyorlangan tahliliy maʼlumotlar yig‘ilish ishtirokchilari eʼtiboriga havola etildi hamda ularning fikr-mulohazalari, takliflari eshitildi.
Shuningdek normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish maqsadida respublikamizda hududlarga oid muammoli masalalar, yaʼni sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan (sel kelishi, kor ko‘chkisi, yog‘ingarchilikni ko‘payishi, qurg‘oqchilik, sho‘rlanish va hokazo) favqulodda vaziyatlar to‘g‘risida Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar favqulodda vaziyatlar boshqarmalari xodimlari o‘z maʼruza hamda takliflari bilan yig‘ilishda onlayin ishtiroki etishdi.