Ру O'z En
FVV ogohlantiradi:
Texnik ishlar olib borilishi munosabati bilan sayt faoliyatida vaqtinchalik uzilishlar bo'lishi mumkin.

Huquqiy targ‘ibot tadbiri

Bugun, 12-avgust kuni Farg‘ona va Sirdaryo viloyatlari Favqulodda vaziyatlar boshqarmasida harbiy prokuratura, IIB YHXB va boshqa mutasaddi tashkilotlar xodimlari ishtirokida “Jinoyatchilik va huqubuzarliklarni oldini olish”, "Yo‘l-transport hodisalarini oldini olish" "Korrupsiya eng yomon illat" mavzularida seminar bo‘lib o‘tdi.

Seminar davomida mutasaddilar tomonidan shaxsiy tarkib o‘rtasida harbiy intizomni mustahkamlash, huquqbuzarlik va qonun buzilishi, yo‘l harakati qoidalarini puxta o‘zlashtirish, shaxsiy va xizmat transport vositalarini boshqarishda xushyorlikni oshirish zarurligi shuningdek, korrupsiya va manfaatlar to‘qnashuvi holatlarining oldini olish, harbiy xizmatchi va xizmatchilarning huquqiy ongi va madaniyatini oshirish borasida ham atroflicha ma'lumotlar berildi.

Tadbir yakunida ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan barcha savollarga mutasaddilardan atroflicha javoblar oldilar.

O'xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech