Ру O'z En
FVV ogohlantiradi:
Texnik ishlar olib borilishi munosabati bilan sayt faoliyatida vaqtinchalik uzilishlar bo'lishi mumkin.

Hurmatli Davlat bojxona qo‘mitasi rahbariyati, xodimlari va muhtaram faxriylar!

Bugun Siz azizlarni kasb bayramingiz bilan qizg‘in muborakbod etish bizga ulkan mamnuniyat bag‘ishlaydi. Chunki sizlarning mustaqillik yillarida O‘zbekiston Respublikasida jismoniy va yuridik shaxslarning huquqlari, erkinliklari hamda qonun bilan muhofaza etiladigan manfaatlarini himoya qilish, mamlakatimizning iqtisodiy xavfsizligini ta'minlash, qonun hujjatlari buzilishlarining, shu jumladan, kontrabandaning oldini olish, ularni aniqlash va chek qo‘yish, shuningdek, yana bir qator vazifalarni amalga oshirishdagi matonatli va sharafli xizmatlaringiz ulkan e'tiborga munosibdir.

Buni, ayniqsa, oxirgi 5 yil davomida muhtaram Yurtboshimiz tashabbusi bilan barcha sohalar qatori Davlat bojxona organlari tizimida olib borilayotgan oqilona islohot va yangilanishlar jarayonida ham yaqqol kuzatib bormoqdamiz. Mamlakatimizda olib borilayotgan islohot va yangilanishlarni jamiyat hayotiga teran tatbiq etish, xalqimizning tinch-osoyishta, farovon hayotini ta'minlashda bugun Davlat bojxona organlarining barcha xodimlari o‘z zimmalaridagi ulkan mas'uliyatni sadoqat va fidoyilik bilan ado etib kelmoqdalar.

Ayniqsa, ushbu tizim faoliyatida oqilona islohot va yangilanishlarning amalga oshirilganligi uning sifat hamda samaradorligini yanada oshirib, davlatimiz va xalqimiz ishongan xalqchil tuzilmaga aylantirdi. Qayd etish kerakki, yurtimiz manfaatlarini ta'minlash, aholi va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish, jamoalarda qonuniylikni mustahkamlash, korrupsiya va turli jinoyatchilik, huquqbuzarlik, davlatimiz va xalqimizning tinch-xotirjam hayot tarziga qarshi qaratilgan har qanday tahdidlarga qarshi kurashish, bu kabi holatlarning oldini olish borasida Favqulodda vaziyatlar vazirligi va Davlat bojxona organlarining o‘zaro yaqin hamkorligi bundan keyin ham ustuvor ahamiyat kasb etaveradi.

Bugungi yangi O‘zbekiston davridagi bunyodkorlik, farovonlik va taraqqiyot Sizdek soha fidoyilarining ham kecha-yu kunduz olib borayotgan matonatli va mashaqqatli xizmatlari mahsuli desak, yanglishmagan bo‘lamiz. Ushbu hayajonli lahzalarda Sizlarni yana bir bor kasb bayramingiz bilan qutlab, sharafli va muqaddas vazifa yo‘lida mustahkam salomatlik, oilaviy xotirjamlik, omad va zafarlar yor bo‘lishini tilab qolamiz.

 

Hurmat bilan,

 

O‘zbekiston Respubliksi Prezidenti maslahatchisi –

Favqulodda vaziyatlar vaziri

general-leytenant T.Xudaybergenov

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech